Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish

   Kafedra mudiri: Saidmuratov Baxtiyor Ibragimovich

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: 

   E-mail: saidmuratov@mail.ru

 

 

 

         

 

Kafedra tarixi

    Kafedra 1966 yilda Samarqand davlat arxitekutra-qurilish instituti tashkil etilishi bilan birgalikda “Qurilish materiallari” nomi bilan o’z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Kafedraning dastlab mudiri sifatida dosent I.B.Malinovskiy 1966-1969 yillarda rahbarlik qilgan. So’ngra 1970-1975 yillarda dosent M.S.Sultonov, 1975-1976 yillarda dosent U.A.Gaziyev, 1976-1987 yillarda dosent Ye.R.Priyev, 1988-1991 yillarda dosent O.A.Meliyev, 1991-2000 yillarda dosent T.Yu.Qurbonov, 2000-2006 yillarda dosent Z.Yu.Negmatov, 2006-2018 yillarda dosent X.V.Yusupovlar rahbarlik qilishgan.

     2018 yilning fevral oyidan boshlab hozirgi kunga qadar kafedraga t.f.n.,dosent B.I.Saidmuratov rahbarlik qilib qyelmoqda. 

    Hozirda“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasida 21.75 shtat birligi mavjud bo’lib, 27 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.Ulardan 9 nafari ilmiy darajali fan nomzodlaridir, shtat birligiga nisbatan ilmiy salohiyat kafedra bo’yicha 42 % ni tashkil qiladi. O’tgan shu davr mobay­ni­da kafedra professor-o’qituv­chi­lari tomonidan  o’nlab darslik,o’quv qo’llanmalar, yuzlab uslubiy ko’rsatmalar va ma’ruza matnlari, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ziyod uslubiy ko’rsatmalar va ko’plab ma’ruza matnlari chop etilgan, bundan tash­qari o’nlab ixtirolarga mual­liflik guvohnomalari olingan. Kafedra a’zolarining samarali mehnatlari vazirlik va ins­titut ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlangan.

     Kafedrada 5340500 “Qurilish materiallari, buyumlari va konstrusiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo’nalishi,5A340501-“Quri­lish materiallari, buyumlari va konstruk­siyalarni ishlab chiqarish” mutaxassisligibo’yicha magistratura, hamda 05.29.05-“Qurilish mate­rial­lari va buyumlari” ixtisosligi bo’yicha (PhD) doktorantura mavjud.

    Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institutda mavjud 27 ta’lim yo’nalishidan 11 ta ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan minglab talabalarga bilim berib kelinmoqda. Barcha fanlardan dars mashg’ulotlari o’zbek va rus tillarida olib boriladi. Bu yil eksperiment tariqasida “Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan ingliz tilida 2-bosqich talabalaridan bir gurux tashkil qilinib dars mashg’ulotlari boshlangan.

      Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan kafedrada 15 ta fan bo’yicha ma’ruza, amaliy mashg’ulot va laboratoriya mashg’ulotlari o’tiladi, shundan 8 tasida laboratoriya mashg’ulotlari mavjud bo’lib ularni taqsimlanishi qo’ydagichadir:

    Ushbu fanlardan laboratoriya mashg’ulotlarni sifatli tashkil qilish uchunkafedra tasarrufida4 ta ma’ruza xonalari(maydoni 214.4kv.m),12 amaliyot xonalari(maydoni 398.8 kv.m) va 5 ta laboratoriya xonalari( umumiy maydoni 164.4 kv.m) mavjud bo’lib, ushbu xonalartegishli o’quv-uslubiy,ko’rgazmali va laboratoriya asbob uskunalari bilan jihozlagan.Bundan tashqari  2017-2018 yillarda aloxida joylashgan 144 kv.m  ilmiy-tadqiqot  laboratoriya binosi hashar yo’li bilan barpo qilindi va uni jihozlash masalalari ustida ishlar olib borilmoqda.2019-2020 o’quv yilida  reja bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ajratilgan 16 ta laboratoriya jixoz uskunalaridan 14 tasi keltirilib 9-binoning foyesi laboratoriya xonasiga moslashtirib, u yerga o’rnatildi va laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazishga tayyorlanmoqda.

Kafedrada talabalar uchun alohida kompyuter sinfi mavjud bo’lib,internet tarmog’iga ulangan,Wi-Fi zonalari mavjuddir. Kompyuter xotiralariga talabalar foydalanishi uchun elektron biblioteka, o’quv, laboratoriya va ishlab chiqarish jarayonlarini aks ettiruvchi turli mavzularga mo’ljallangan filmlar va loyihalar kiritilib qo’yilgan.

     Keyingi yillarda kafedraga tegishli ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar kafedra professor-o’qituvchilari rahbarligi ostida ko’plab xalqaro tanlov, ko’rgazma va fan olimpiadalarida faxirli o’rinlarni olib kelishmoqda.Masalan: 2019 yilda 27 davlatlar o’rtasida o’tkazilgan “IX International Festival of Architectural, Civil Engineering and Design of Eurasia” xalqaro tanlovida 5 nafar talaba qatnashib 2 va 3-o’rinlarga sazovor bo’lishdi.

  2020 yilda 20 nafardan ortiq talabalar “Yangi asr iste’dodlari-2020” Respublika tanloviga qatnashib, “Engyaxshiinnovasionqurilishmateriallarivatexnologiyalari” nominasiyasi bo’yicha kafedraning iqtidorli talabalari ishlanmalari bilan qatnashdi va  birinchi, uchinchi o’rinlarga loyiq topildi. Shuningdek 2020 yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika onlayn olimpiadasida 38 dan ortiq 2 va 3 talabalari “Qurilish materiallari va buyumlari” fani bo’yicha qatnashishdi. Ularning 9 nafari 1,2 va 3- o’rinlarni egallashdi.

     Hukumatning qator qarorlari va respublika  Oliy va o’rta   maxsus   ta’lim  vazirligining 2015 yil 18 noyabr “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovasion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari bo’yicha o’tkazilgan maxsus hay’atning” №49-sonli bayonnomalari ijrosini ta’minlash maqsadida,  oliy ta’lim va ishlab chiqarishning o’zaro integrasiyasini ta’minlash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovasion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalarini o’zining bosh  maqsadi deb bildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi  davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining 2017 yil 3 avgusdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli Qarori ijrosi to’g’risida”gi qarorida  belgilangan vazifalardan kelib chiqib, kafedrada ishlab chiqarish bilan o’quv jarayonining intergasiyalashuvini ta’minlash maqsadida mutaxassisliklarni shakllantiruvchi kafedralarda bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiya mavzulari ishlab chiqarish buyurtmalari asosida tuzishga va bajarilishini ta’minlashga e’tibor qaratildi.

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 fevraldagi 56-sonli Farmoyishiga asosan 2020 yil 16-17 oktyabr kunlari kafedra jamoasi tomonidan institutda “Zamonaviy qurilish materiallari va buyumlarini tayyorlash jarayonida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini takomillashtirishning muammo va yechimlari” mavzusidaonlaynplatformasi asosida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

     Kafedrada yetakchi professor-o’qituvchilari, doktorant, magistrantlar va iqtidorli talabalar tomonidan 2019-2020 yillarda ilmiy- tadqiqotlar o’tkazilib tayyorlangan  va davlat grantlariga topshirilgan ilmiy-innovasion ishlanmalar qo’yidagi jadvalda keltirilgan.

Innovasionishlanmaningnomi, muallif F.I.Sh.

Innovasionishlanmaning qisqacha tavsifivatexnikaviyimkoniyatlari

Ishlanmani qo’llanilishidankutilayotgannatijalar

 

Xujabekov Murodjon  Usarovich,

fizika-matematika fanlari (PhD) doktori,

Saidmuratov Boburshox Baxtiyorovich 401-QMB va KICh guruxi talabasi.

 

 

“O’rama matoli zamonaviy kompozit qoplama materialni tadqiq etish va uni ishlab chiqarish”

 

 

 

 

 

  • Yangi taklif etilayotgan “O’rama matoli zamonaviy kompozit qoplama material” ni qo’llash an’anaviy betonli qoplamalarga nisbatan xom-ashyo sarfini kamida 5 barobarga kamaytiradi;
  • ushbu material qo’llanilganda montaj va yotqizish jarayonlari uchun mehnat sarflari 5-8 barobarga kamayadi;
  • ushbu kompozit material tannarxi an’anaviy beton buyumlarga nisbatan 1-4 barobar arzon.

 

Baxriyev Nuriddin Faxriddinovich ,

 kandidat texnicheskix nauk,

Qurolova Norgul 2- kurs magistranti

Razrabotka effektivnыx kompozisionno-listovыx materialov na osnove bazaltovыx volokon.

 

 

Ispolzovaniye bazaltovыx dispersnыx armirovannыx kompozisionnыx materialov i perspektivы razvitiya etoy otrasli;

Svoystva bazaltovыx volokon, fiziko-ximicheskaya struktura i ideya ix ispolzovaniya v listovыx materialax

 

    Tillayev Obidjan Djurakulovich Kandidat ximicheskix nauk , Fayzullayev Zoxid doktorant                   

Proizvodstvo energosberegayuщyey suxoy stroitelnoy smesi dlya gipsovoy shtukaturki

 

 

 

 Proizvodstvo novoy produksii

Utilizasiya otxodov selskogo xozyaystva

Snijeniye sebestoimosti produksii –ekonomicheskiy effekt ot vnedreniya –

 140 mln sum / god

. Sultanov Amindjon Axadovich,t.f.n., dos Soliyev Baxodir o’qituvchi

“Polistirolli mahsulotlarning chiqindilari asosida energiyatejamkor yengil penopolistirolbeton ishlab chiqish”, Ishlanma ekologik toza, o’ta yengil (500-700 kg/m3) va issiqlik o’tkazuvchanligi past bo’lgan polistirolli mahsulotlarning chiqindilarini ikkilamchi ishlab chiqarish asosida penopolistirolbeton.

Loyihaning asosiy maqsadi polistirolli mahsulotlarning chiqindilari asosida penopolistirolbeton ishlab chiqish va ushbu kompozit beton asosida qurilish materiallari texnologiyasini ishlab chiqish, tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, sanoat va fuqaro binolarini qurishda kerakli yengil, issiq o’tkazuvchanligi past bo’lgan betonlarni olish

Professor Axmedov Sultan Ilyasovich
t.f.n.Yusupov Xamid Vahobovich,Karimov G’ofur doktorant

 

 

 

 

 

 

“Mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida  arzon, yuqori markali sement ishlab chiqarish”, mahalliy  xom ashyo va sanoat chiqindilaridan samarali foydalanib  tan narxi arzon bo’lgan yuqori markali sement   ishlab chikarishni sanoatga tadbik etishdan  iborat

 

 

 

 

 

Maxalliy xom ashyo, sanoat chiqindilaridan samarali  foydalanib innovasion ishlab chiqarishni joriy etish, qurilishda ulardan keng foydalanish

Maxalliy xom ashyo, sanoat chiqindilaridan samarali  foydalanib, sement tan narxini 40-50 foizga   iqtisod qilish, ishlab chiqarish energiya sig’imi sarfini 70 % gacha qisqartirish imkoniyatlariga erishish.

         Ishlab chikilgan ishlanmani kullanilishi xisobiga sement ishlab chikarishda 30- 70 foizgacha klinker  sarfini  tejash imkoniyatiga erishish

         Ishlab chikilgan ishlanmani kullanilishi xisobiga sement ishlab chikarishda 30- 70 foizgacha klinker  sarfini  tejash imkoniyatiga erishish

 

Kafedrada davlat grantlari bo’yicha ham  ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Dastlabki yillarda ilmiy tadqiqot ishlarni xajmi 300-400 ming sumni tashkil etgan bo’lsa, keyingi yillarda “Maxalliy faol ashyolar va sanoat chiqindilari asosida yukori mustaxkamli pussolan va shlakli portlandsementning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqarish” mavzusi bo’yicha bajarilgan ishning xajmi deyarli 2,57 mlrd. so’mga yetdi.

Bundan tashqari  kafedra va institut ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarda professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlarhamda talabalar  tomonidan kuyidagi mavzular:

  • Yuqori markali kuydirilmagan shlak-ishqorli sement va betonlar ishlab chiqarish muammolari (S.I.Axmedov, A.A.Sultonov);
  • Mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida bog’lovchi moddalar, devorbop va pardozbop sopol buyumlar ishlab chiqarish usullari (A.A.Sultonov, X.Kuldashev, Sh.A.Buriboyev, N.F.Baxriyev);
  • Issik va quruq iqlimda beton texnologiyasini, uning tuzilishi va ishlab chiqarish belgilariga asosan mukammallashtirish (B.I.Saidmuratov, X.Kuldashev, X.V.Yusupov) kabi mavzu va yo’nalishlarda ilmiy izlanish ishlari, davlat byudjeti xamda xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

 

    Ko’p yillardan buyon kafedramiz professor-o’qituvchilari qurilish materiallari ishlab chikaradigan korxonalar bilan “Xom ashyolar, qurilish materiallari, buyumlari va maxsulotlarning xossalari xamda sifatini aniklash” mavzulari bo’yicha xujalik shartnomalari tuzib, ish xajmi 0.8 mlrd so’mgacha bulgan ishlarni bajarmokdalar.

Kafedrada  “Oliy ta’lim fan va ishlab chiqarish o’rtasida innovasion korporativ hamkorlikni yo’lga qo’yish” bo’yicha  4 ta  korxona bilan 5ta innovasion guruhlar tuzilgan va ular hozirda faoliyat olib borishmoqda.

 

T№

Institut bilan xamkorlik qiladigan korxona va tashkilotlar

Xamkorlikda bajariladigan ishlarning mavzusi va moxiyati

Bajaruvchi ma’sullar

11

Respublika viloyatlaridagi “Temirbeton” zavodlarida ishlab chiqarish  yo’lga qo’yish va x.k.

Mavjud texnologiyalarni tashkillashtirish, taqrizlar berish

Saidmuratov B.I., Kuldashev X.,

Yusupov X.V.

22

Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi sement zavodlari va boshqa korxonalar bilan xamkorlik qilish.

Ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish bo’yicha taqrizlar berish

Saidmuratov B.I., Sultonov A.A.,

Yusupov X.V.

33

“O’zstandart”, Qurilish vazirligi

“O’zsanoatqurilish” uyushmasi

Me’yoriy xujjatlar ishlab chiqarish, taqrizlar  berish, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish.

Saidmuratov B.I., Kuldashev X., Yusupov X.V., Buriboyev Sh.A.

44

NPTF “Import” ADA

Ishqorli tamponagi sement ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish

Sultonov A.A.

55

Samarqand viloyati qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari

Qurilish materiallarini sinash va taqrizlar berish berish

Sultonov A.A., Shomurodov B.Sh.,

Kuldashev X.