Avtomobil yo'llari, zamin va poydevorlar

   Kafedra mudiri: Yakubov Muqimjon Nuhtorovich

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: (0366)-237-22-12

   E-mail: muqimjon@umail.uz   

 

           

 

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra dastlab «Gruntlar mexanikasi, asos va poydevorlar» nomi bilan 1971 yilda «Sanoat va grajdan qurilishi» fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraga uning birinchi rahbari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, t.f.n., prof. E.M. Gendel asos soldi.
         Keyingi davrlarda kafedrani t.f.n., dos. A.S. Buslov (1975–77 y), t.f.n., dos. A.M. Mirzayev (1977– 82 y), t.f.n., dos. M.M. Xonkeldiyev (1983 – 84 y), t.f.n., dos. Z.S. Sirojiddinov (1984 – 89 y), t.f.n., dos. F.A. Ikramov (1989–99 y.), t.f.d., prof. Sirojiddinov Z.S. (1999-2012 y.) boshqarishdilar. 2013 yil 1-martdan kafedraga t.f.n., dos. A.M. Madatov rahbarlik qilib kelmoqda.
          2005 yil 1 sentyabrdan «Gruntlar mexanikasi asosa va poydevorlar», va «Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnat muhofazasi» kafedralari birlashtirilib «Qurilish texnologiyalari va geotexnika» kafedrasi tashkil etildi. 2012 yildan «Geotexnika va qurilish texnologiyalari» kafedrasi qayta tashkil etilib, «Geotexnika va avtomobil yo’llari» kafedrasiga aylantirildi.  
Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar fan doktorlari, 5 nafar fan nomzodlari, dosentlar, 1 nafar katta o’qituvchi va 8 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatishmoqda.          Kafedra olimlarining fan sohasidagi yutuqlari va izlanishlari  inobatga olinib, 1982 yil 20-22 sentyabr kunlarida institutimizda «Gruntlar reologiyasi» bo’yicha Sobiq Ittifoq bo’yicha II-simpozium o’tkazildi. Bu anjumanda sobiq ittifoq respublikalari, Yugoslaviya, Chexoslavakiya va Vengriya davlatlaridan ham olimlar o’z ma’ruzalari Bilan ishtirok etishdilar.
         1992 yilning sentyabrida kafedra olimlarining tashabbusi bilan O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining «Strukturasi turg’un bo’lmagan gruntlar sharoitlarida bino va inshootlarni loyihalash muammolari» mavzusiga bag’ishlangan birinchi regional xalqaro konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada MDH (Moskva, Kiyev, Odessa, Kuzbass, Vladivostok, Sankt- Peterburg, Poltava, Tyumen, Dnepropetrovsk, Dushanbe, Olma-Ota, Karaganda, Jambul, Barnaul) shaharlaridan fan olamida ko’zga ko’ringan yirik olimlar ishtirok etishdi.
         2002 yil sentyabrida kafedra olimlarining tashabbusi bilan institutimizda  «Problemы geotexniki v sovremennom stroitelstve i pamyatnikov arxitekturы» mavzusidagi Markaziy Osiyo simpoziumi o’tkazildi. Simpoziumda  MDH,  Osiyo va  Yevropa mamlakatlaridan yetuk olimlar,  shu jumladan Osiyo  geotexnika  assosiasiyasi prezidenti janob F. Suoka qatnashdi.

 

2002 yilda O’zbekiston va Germaniya, 2006 yilda esa O’zbekiston Britaniya  geotexnik  olimlarining qo’shma seminarlari o’tkazildi.

         Kafedra olimlari Respublikamiz poydevorsozligining dolzarb muammolari ustida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqdalar.  Ilmiy izlanishlari yo’nalishlari o’ta cho’kuvchan gruntlarda poydevorsozlik muammolari, Grunt massivlari turg’unligini baholash, asos va poydevorlarning ishonchlilik darajasini aniqlash usullari, zamonaviy bino va inshootlar, shu jumladan tarixiy obidalar asos va poydevorlarining  texnik holatini baholash va ularni  kuchaytirish masalalaridir.

         Kafedra a’zolaridan  1993 yilda  Z.S. Sirojiddinov va 2001 yilda A.Z. Xasanov doktorlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Shu kungacha kafedra a’zolari tomonidan  15 ga yaqin mualliflik guvohnomalari olingan. 

«Avtomobil yo’llari, zamin va poydevorlar» kafedrasida  o’qitiladigan fanlar ro’yxati

1. Gruntlar mexanikasi.

2. Zamin va poydevorlar.

3. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar.

4. Injenerlik geologiyasi.

5. Geologiya va geomorfologiya.

6. Geologiya va gidrogeologiya.

7. Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari.

8. Injenerlik geologiyasi va gruntlar mexanikasi.

9. Avtomobil yo’llarini qidiruvi va loyihalash ishlari.

10. Avtomobil yo’llarini  qurish asoslari va bazalari.

11. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari.

12. Avtomatlashtirish asosida avtomobil yo’llarini loyihalash.

13.  Ko’priklar va transport tunellarni loyihalash va qurish asoslari.

14. Ko’priklar va transport tunellarni rekonstruksiya qilish asoslari.

15. Avtomobil  yo’llarini rekonstruksiya qilish asoslari.

16. Aerodromlarni  loyihalash va qurish asoslari.

17. Aerodromlarni rekonstruksiya qilish  asoslari.

«Avtomobil yo’llari, zamin va poydevorlar» kafedrasining O’zbekistondagi ilmiy aloqalari

  1. Uzbekiston Respublikasi arxitektura – kurilish kumitasi (Uzdavarxitektkurilish);
  2. Toshkent arxitektura – kurilish instituti (TAKI);
  3. UzFA tasarrufidagi “Mexanika va inshootlar zilzilabardoshligi instituti”;
  4. Uzbekiston fanlar akademiyasining Samarqand bo’limi;
  5. Toshkent avtomobil  va  yullar  instituti;
  6. O’zbekiston fanlar akademiyasining Xorazm bo’limi (Ma’mun akademiyasi).
  7. Uzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tasarrufidagi madaniyat yodgorliklarini saklash ilmiy ishlab chikarish bosh boshkarmasi.
  8. UzFA koshidagi Gidro INGEO.

Xalqaro  ilmiy aloqalari

  1. Moskva Davlat qurilish universiteti.
  2. N.M. Gersevanov nomidagi Rossiya «Asoslar va yer osti inshootlari  ilmiy tadqiqot instituti» (NIIOSP);
  3. Sankt – Peterburg muhandislik qurilish universiteti.
  4. Sankt – Peterburg suv transporti muhandislari instituti.
  5. Janubiy Kozog’iston  davlat universiteti.
  6. Vaymer qurilish va arxitektura universiteti (Germaniya).
  7. Potsdam  arxitektura va dizayn oliy maktabi (Germaniya).
  8. L.N. Gumilyov nomidagi Yevroaziya milliy universiteti (Ostona, Kozog’iston).

ILMIY TADQIQOT IShLARI

            Kafedrada 2  nafar fan doktorlari va 5 nafar fan nomzodlari 1 nafar katta o’qituvchi va 8 nafar assistentlar ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

         Ilmiy tadkikot ishlari kuyidagi yunalishlar buyicha olib borilmoqda:

  1. Respublika hududi sharoitidagi binolar, inshootlar, tarixiy obidalar asos va poydevorlarining texnik holatini baholash hamda ishonchlilik darajasini aniqlash masalalari (Mavzu rahbari Z.S. Sirojiddinov);
  2.  Regional o’ta chukuvchan gruntlarning fizik–mexanik xossalari va kuchlanganlik – deformasiyalanganlik holatini tadqiqot qilish  masalalari (mavzu rahbari A.Z. Xasanov);
  3. Estakada toifasidagi svayli inshootlarning uzoq muddatli mustahkamligi  masalalari (mavzu rahbari Madatov A.M.).
  4. Grunt massivlarining qiyaliklardagi, kotlovan bortlaridagi ustivorligi, kuchlanganlik–deformasiyalanganlik holatini baholash masalalari (mavzu raxbarlari  F.A. Ikramov  va  M.M. Yakubov);
  5. O’ta cho’kuvchan va kupcho’kuvchan gruntlar xossalarini va ularda qo’rilgan bino va inshootlar asoslarining kuchlanganlik–deformasiyalanganlik  holatini  baholash masalalari (rahbari M.M. Xonkeldiyev).

    Oxirgi 3 yilda kafedra a’zolari tomonidan 70 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 10 tasi chet ellarda, 30 dan ziyodi Respublikamiz jurnallarida, simpozium materiallari va ilmiy to’plamalarda  chop etilgan.
     Z.S. Sirojiddinov va Sh.L. Raxmonovlar tomonidan Uzdavarxitektuqurilish qo’mitasiga «Rekomendasiya po veroyatnostnomu raschetu lessovыx osnovaniy fundamentov v vыtrambovannыx kotlovanax» deb nomlangan 4 bosma taboq hajmdagi ko’rsatmalar tayyorlanib taqdim etildi.
         Kafedra a’zolari Ikramov F.A.,  va Xasanov A.Z.lar Yaponiya, Singapurda  va Qozog’istonda Geotexnika bo’yicha o’tkazilgan simpoziumlarda o’z ilmiy ma’ruzalari  bilan ishtirok etdilar.
         Kafedra jamoasi tashabbusi bilan F.A. Ikramov  va A.Z. Xasanovning faol ishtirokida 2002 yilning 17–20 sentyabr kunlari institutimizda geotexnika muammolariga bag’ishlangan  xalqaro simpozium muvaffaqiyatli o’tkazildi va ilmiy to’plami chop etildi. Ushbu anjumanda O’zbekistonning olimlaridan tashqari  Rossiya, Yaponiya, Eron va Qozog’iston kabi xorijiy davlatlardan olimlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar va o’zaro fikr almashdilar. 

Professor-o’qituvchilar ro’yxati

  1. Yakubov Muqumjon Muxtorovich                 t.f.n., dosent kafedra mudiri
  2. Ikromov Fayzullo Abdullayevich                  t.f.n., dosent
  3. Xonkeldiyev Muxammadmedi Musayevis     t.f.n., dosent
  4. Xasanov Asqar Zabiyevich                          t.f.d., dosent
  5. Madatov Abdiraxim                                     t.f.n., dosent
  6. Ishanxodjayev Abduraxmon Asimovich         t.f.d., profesoor
  7. O’roqov Asliddin Xushvaqtovich                   t.f.n., dosent
  8. Jalolov Tesha Saloyevich                            katta o’qituvchi
  9. Maxmudova Sharofat Jo’raqulovna               katta o’qituvchi
  10. Xasanov Zoir Asqarovich                             t.f.n., assistent
  11. Xudoyberdiyev Dilmurod                              katta o’qituvchi
  12. Boboyev Farxod                                          katta o’qituvchi
  13. Gapparov Rustam  Mustafayevich                assistent
  14. Eshnazarov Nazirjon Beknazarovich             assistent
  15. Ravshanov Akbar Sattorqulovich                  assistent
  16. Azimova Shaxlo Nizamovna                         assistent
  17. Odinayev Rustam Qurbonaliyevich                assistent