“BUNYODKOR” JAMOASI NAVBATDAGI G‘ALABAGA ERISHDI


Haftaning har chorshanba kuni OTM talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib kelmoqda.
Unda Samarqand shahrida joylashgan OTM talabalaridan tashkil topgan jamoalar aqliy kuch sinashishadi, har oyning oxirida esa tunir yakuni ya’ni ochkolar hisobi bo‘yicha g‘olib jamoa aniqlanadi.
Oktabr oyi natijalariga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Bunyodkor” jamoasi OTM talabalari orasida o‘tkazilgan turnir g‘olibi bo‘ldi.
“Bunyodkor” jamoasini navbatdagi g‘alaba bilan SamDAQI yoshlari nomidan chin dildan tabriklaymiz!