YUNESKO tashkiloti grant dasturi
Е’lon
YUNESKO tashkiloti grant dasturi
YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Rossiya hukumatining 2016 yil uchun qo’shma stipendiyalari tanlovi o’tkazilmoqda.
Mazkur stipendiyalarning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqaror va qayta tiklanadigan manbalar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish. Tanlovda g’olib chiqqan nomzodlar 2016 yilning 3-28 oktabr kunlari davrida Rossiya Federatsiyasining Barqaror energiyani rivojlantirish xalqaro markazida (Moskva shahri, YUNESKOning 2-toifali markazi) quyidagi sohalar bo’yicha malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar:
- Energiya va barqaror rivojlanish;
- Erergiya manbalarini ekologik boshqaruvi;
- Qayta tiklanadigan manbalar;
- Barqaror va qayta tiklanadigan manbalarning elektr quvvatini ishlab chiqarish.
Tanlovda bakalavr darajasiga ega bo’lgan, 35 yoshdan oshmagan, aqlan va jismonan sog’lom va ingliz tilida erkin so’zlasha oladigan nomzodlargina qatnasha oladilar.
Mazkur stipendiyaga tanlov ochiq tarzda o’tkaziladi. Stipendiyalar soni chegaralanganligi bois tanlovda ilmiy salohiyatga ega nomzodlar qatnashishlari tavsiya etiladi.
Nomzodlar hujjatlari YUNESKO ishlari bo’yicha Milliy komissiya orqali YUNESKO Bosh qarorgohiga taqdim etilishi lozim.
Shu munosabat bilan yuqoridagi tanlovda ishtirok etishi mumkin bo’lgan nomzod to’g’risidgi ma’limot YUNESKO ishlari bo’yicha Milliy komissiya kotibiyatiga 2016 yilning 28 mart kuniga qadar yuborilishi shart.
Institut xalqaro aloqalar bo’limi