“Yoshlarni kasbga yo’naltirish” mavzusida seminar

2017  yil 16 may kuni  SamDAQI  akademik  litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi va SamDAQI qoshidagi 1-son akademik litseyi bilan birgalikda  “Oliy va o’rta maxsus ta’limi tizimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosi va “Yoshlarni kasbga yo’naltirish” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi.

Bo’lib o’tgan ushbu seminarda  akademik litsey direktori I.Abdullayev, SamDAQI akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor  A.N.Gadaev,  “Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi dotsenti, t.f.n.S.S.Saidov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar  murabbiysi,  arxitektura fanlari doktori A.S.Uralov, “Avtomobil yo’llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dotsenti, t.f.n A.M.Madatov, “Kasbiy ta’lim” kafedrasi  mudiri, dotsent  A.Q.Raximov, akademik  litsey  O’IBDO’ X.Yuldashev, MMIBDO’ M.Abduhakimovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda  27  nafar  o’qituvchi,  216  nafar  o’quvchi yoshlar  qatnashdilar.  Tadbir  qiziqarli savol-javoblar va qizg’in  munozaralarga  boy tarzda bo’lib o’tdi.

  

  

AL va KHK lari bilan  ishlash bo’limi boshlig’i  SH.Mamarasulov

Топ рейтинг www.uz