YOSHLAR KENGASHI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
Joriy yilning 22 may kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutinig katta majlislar zalida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, institut psixologi, Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti va SamDAQI yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining fakultetlardagi yoshlar kengashlari hamda faol a’zolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.
Uchrashuvda yoshlar bilan shu kungacha bo‘lgan ishlar tahlil qilinib, muhokama qilindi. Tashabbuskor iste'dodli yoshlarni jalb etgan holda, badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyasi va “Yoshlar klublari” faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi.
Yig‘ilishda musiqa va san'at sohasiga qiziquvchi talaba yoshlarni hamda jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda yoshlar yetakchilariga belgilab berildi.