ARXITEKTURA FAKULTETI DIZAYN TA’LIM YO‘NALISHINING RANG TASVIR FANIDAN BAHOLASH JARAYONI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakulteti Dizayn ta’lim yo‘nalishining rang tasvir fani bo‘yicha baholash jarayonidan fotolavhalar.
Ijodiy imtihon topshirgan abituriyentlarning ishlari mutaxassislar tomonidan adolatli baholanmoqda.
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida baholash jarayoni videokuzatuv ostida bo‘lib, jarayon to‘liq yozib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: Rang tasvir fanining javoblari ertaga Arxitektura fakulteti binosi va institut rasmiy web-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.