O‘ZBEKISTON “MILLIY TIKLANISH” DEMOKRATIK PARTIYASI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI XI-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashining navbatdagi XI-plenumi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari, partiya a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Plenum kun tartibida partiya shahar Kengashining 2019 yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari va ikkinchi yarim yillikdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zMTDP Samarqand shahar Kengashi raisi Baxtiyor Mardonovning axboroti tinglandi. Shuningdek, majlisda xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O‘zMTDP deputatlik guruhining xisoboti ham eshitildi. 
Kengaytirilgan yig‘ilishda ishtirok etgan partiya viloyat Kengashi raisi Zebiniso Shodiyeva partiya tashkiloti va partiya deputatlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga baho berar ekan partiya faollarida, deputatlarda faollik, tashabbuskorlik yetishmaganiga alohida urg‘u berib o‘tdi.