KURASH SPORT ZALI TA’MIRLANDI

 

2019 yil dekabr oyi Vazirlar Mahkamasi bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 2 oktabrdagi PQ-3306-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida 2017 yil 7 noyabrdagi 893-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida kurash milliy sport turini rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar olib borildi.
2019 yilda kurash sport zali homiylar yordamida ta’mirlandi va bir komplekt tatami xarid qilindi. Samarqand shahar Yakka kurashga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilib, kurash gilami bilan ta’minlandi. “Kurash” sport turini talaba-yoshlar, mahalla yoshlari va voyaga yetmaganlar o‘rtasida rivojlantirish hamda shug‘ullanuvchilar sonini ko‘paytirish maqsadida kurash sport to‘garagi tashkil qilinib, hozirgi kunda kafedra o‘qituvchi-murabbiylari tomonidan haftasiga olti mahal mashg‘ulotlar olib borilmoqda.