REPRODUKTIV SALOMATLIK. GIYOHVANDLIK VA SPIRTLI ICHIMLIK ICHISHNING AYOL ORGANIZMIGA ZARARLI TA’SIRI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi PQ-4513-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “2019-2023 yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish bo‘yicha Nazorat rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 27 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining Qurilishni boshqarish fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida, institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyotova, Samarqand viloyat narkologiya dispanseri vrachi G.Jalilova, institut “Salomatlik maslahat markazi” vrachi N.Sultanova hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Reproduktiv salomatlik. Giyohvandlik va spirtli ichimlik ichishning ayol organizmiga zararli ta’siri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Dastlab “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyotova tomonidan O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar masalasida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbirda institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova yoshlarni giyohvandlik domiga tortuvchi omillar va spirtli ichimliklar ichishning zarari va reproduktiv salomatlik hamda ruhiy sog‘lomlikning inson hayotidagi o‘rni, ayolni, onani asrab-avaylash, e’zozlashdek go‘zal qadriyatlarimiz zamirida ham sog‘lom avlodni dunyoga keltirishdek ezgu maqsad mujassam ekanligi, ana shu maqsadni amalga oshirish yosh onalar, ayollar, o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish ishlariga davlatimiz tomonidan alohida mas’uliyat bilan yondoshilayotganligi, sog‘lom avlodni dunyoga keltirishning muhim shartlaridan yana biri nikoh yoshining muvofiqligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.Viloyat narkologiya dispanseri vrachi G.Jalilova hamda Oliy toifali vrach N.Sultonova tomonidan giyohvand moddalar va alkogolizmni iste’mol qilishga olib keladigan omillar, ayol organizmiga salbiy oqibatlari, ya’ni qizlarning kelajakda ona bo‘lish imkoniyatlarining pasayishi, yoshlarning taqlid bilan boshlangan harakati o‘zlari va boshqalar salomatligiga doimiy zarar yetkazuvchi odatga aylanishi haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.Shuningdek, Viloyat narkologiya dispanserida surunkali alkogol ichuvchilarning diagnostikasi, profilaktikasi va davolanishi mumkinligi haqida gapirilib, giyohvandlik, alkogolizm yoshlar umrining kushandasi, nogiron bolalarning tug‘ilishiga sababchi bo‘lishi va bunday salbiy holatlarga qarshi insonning iroda mustahkam bo‘lishi, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish, sog‘lom turmush tarzini olib borish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Davra suhbati ishtirokchilarda, erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning noxush oqibatlari, ona va bola salomatligini asrash oila barqarorligining asosi ekanligi haqidagi keng qamrovli bilimlar shakllantirildi.