“ZAKOVAT” ICHKI TUR O‘YINLARIGA START BERILDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 4-sonli talabalar turar joyi binosida Qurilish fakulteti yoshlar Kengashi tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual birinchi ichki tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.
1-tur o‘yinini Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Orif Xaitov kirish so‘zlari bilan ochib, barcha jamoalarga omad yor bo‘lishini tiladi.
O‘yinda Qurilish fakulteti yoshlaridan tashkil topgan 5 jamoa “Afrosiyob”, “Beruniy”, “Sharq”, “Sarafro‘z” va Qurilish fakultetining terma dublyor jamoasi “Garlic group” o‘zaro kuch sinashdilar.
Demak, o‘yin natijalariga ko‘ra: “Afrosiyob” jamoasi faxrli  I o‘rinni, “Beruniy” jamosi II o‘rinni, “Sharq” jamoasi esa III o‘rinni egalladilar.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
“Zakovat” inellektual o‘yiniga siz ham qiziqasizmi? Unda safimizga qo‘shiling!
@samdaqi_zakovat