SAMDAQI 4-SON TTJDA “TO‘QISH” TO‘GARAGI ISH BOSHLADI

 

2019 yil 25 sentabr Samarqand davlat arxitektura-quriliish institutining 4-son talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 3 apreldagi “Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish” farmoyishining 5-tashabbusi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Bandning ijrosi doirasida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Qurilish fakulteti Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Xodiyeva, tarbiyachi X.Imomov, “Qurilish materillari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi o‘qituvchisi H.G‘ulomova, “Bino va inshootlar” kafedrasi o‘qituvchisi S.Nosirova hamda “Qurilishni tashkil etish texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi G.Rahimovalar tomonidan “To‘qish” to‘garagi ish boshladi. To‘garakka talaba-qizlar jalb etilib, to‘qishning boshlang‘ich ma’lumotlari berildi. Har bir talaba-qiz bilan individual mashg‘ulotlar olib borildi va har biriga individual topshiriqlar berildi.
Hozirgi kunda talaba-qizlar orasida bu to‘garak katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda. Talabalar turar joyida yashaydigan talabalarning qobiliyati, qiziqishlari N.Xodiyeva va X.Imomovlar tomonidan o‘rganilmoqda hamda institut ma’muriyati tomonidan institut ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda ushbu to‘garakning faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.