QURILISH FAKULTETI DEKANI TALABALAR HAYOTI BILAN YAQINDAN TANISHDI

 

Joriy yilning 26 sentabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 4-sonli talabalar turar joyida Qurilish fakulteti dekani A.Bayzakov, Qurilish fakulteti dekan o‘rinbosari A.Kamolov, 4-sonli TTJ komendanti, tarbiyachisi va fakultet yoshlar ittifoqi faol yoshlari bilan birgalikda talabalar bilan individual uchrashuv o‘tkazildi.
Talabalar turar joyida kamchiliklar, taklif va muammolar suhbat davomida o‘rganildi. Shuningdek 5 tashabbus doirasida talabalar turar joylarida to‘garaklar ish yuritayotgani va bu to‘garaklarda barcha talabalar faol qatnashishlari ta’kidlandi.