INSTITUTDAGI PSIXOLOGIK XIZMAT TURLARI HAQIDA INSTITUT PSIXOLOGI MA’LUMOT BERDI

 

2019 yil 20 sentabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakultetining 1 bosqich talabalariga hozirgi kunda yoshlar orasida ko‘p uchraydigan, psixologik ruhiy muammolar, jumladan agressiya, stress, depressiya kabilarni oldini olish yoki yengib o‘tish maqsadida institutdagi psixologik xizmat turlari haqida ma’lumot berish va bulardan samarali foydalanish bo‘yicha psixoprofilaktik seminar-trening institut psixologi Sardor Otayorov tomonidan o‘tkazildi.
Psixolog o‘z so‘zida “Har birimizning shaxsiy hayotimizda, ishimizda har xil sabablar tufayli ruhiy zo‘riqishlar, omadsiz kunlar bo‘lib turadi. Bunday vaziyatlarga tushishdan hech kim mustasno emas ya’ni xohlaysizmi yo‘qmi bunday voqeliklar hayotimizda uchrab turadi. Mana shunday holatlarda inson o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, stress, deppressiya holatlariga tushmasligi uchun har bir shaxsning o‘z belgilab olgan yo‘li, maqsadlari aniq bo‘lsa, har qanday qiyinchilikni yengib o‘tishida o‘zida iroda va kuch topa oladi. Irodasiz inson esa hissiyotlarga berilib o‘zini-o‘zini har xil tushkunliklarga solib qo‘yishi mumkin. Bunday paytlarda psixologlarga murojaat qilish mumkin, biz psixologlar insonning o‘z kuch va irodasini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini qayta shakllantirishga bajonidil kurashamiz va yordam beramiz!” - deya fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng psixolog talaba-yoshlar bilan psixologik xizmatning foydali tomonlari borasida batafsil ma’lumotlar berib, talabalarning savollariga javob berdi.