XODIMLAR VA TALABALAR KASABA UYUSHMASI SAMDAQI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI MUNOSIB TAQDIRLANDI

 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan e’lon qilingan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Axunjanov kasaba uyushmasi faoliyatidagi tashkilotchiligi, el nazariga tushganligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidoiylik bilan xizmat qilganligi uchun I DARAJALI DIPLOM bilan taqdirlandi.
Institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Axunjanovni bu yutuq bilan institut jamoasi chin dildan qutlaydi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.