“Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — buyuk maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir”

Kitob targ‘iboti va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdek muhim ma’naviy-ma’rifiy masala davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda.
24-25 may kunlari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida, viloyatning barcha tuman va shaharlari markazlarida hamda ta’lim muassasalarida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — buyuk maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida “Kitob bayrami” tadbirlari tashkil etildi. Unda viloyatning barcha oliy o‘quv yurtlari, kollej, litsey, maktablar va kitob savdo do‘konlari ishtirok etdilar. Taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va kitobxonlar kitob bayramiga tashrif buyurdilar.
Kitob bayramida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.b O‘.Xudayarov va institut Axborot-resurs markazi хodimlari ham faol qatnashishdi. Institut Axborot-resurs markazi  500 dan ortiq turli nomdagi hamda turli sohalarga oid yangi adabiyotlarini namoyish etishdi.
Kitob bayramiga tashrif buyurgan kitobxonlarga ARM xodimlari adabiyotlar haqida tushunchalar berishdi.  Bayram qiziqarli va taassurotlarga boy ruhda o‘tdi.