Xorijiy mutaxassislar va yosh olimlar-loyihachilar bilan uchrashuv

2018 yil 26 aprel kuni SamDAQIda institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining xorijiy mutaxassislar va yosh olimlar-loyihachilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasidagi Zhengzhou universitetining professor, talabalari va yosh olimlari ishtirok etishdi. Xorijiy mutaxassislar tomonidan Xitoydagi qiziqarli ob’ektlarning zamonaviy arxitektura echimlari namoyish etildi.
Ushbu uchrashuvda Xitoy xalq respublikasi va samarqandlik mutaxassis arxitektorlar hamkorligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taklifiga ko‘ra ishlab chiqilgan “Samarqand city”  aqlli shahar loyihasi, Cho‘ponota qirligi hududlarida barpo etishga mo‘ljallangan “Madaniy dam olish va biznes markazi” hamda Universitet hiyoboni yonida qurilishi boshlangan “Konfutsiy bog‘i” loyihalari namoyish etildi. Bu loyihalarning mazmuni, mohiyati va tarkibini amaliyotchi mutaxassis SamDAQI professori, taniqli arxitektor Kamol Djalolovich Raximov taqdimot qildi. U o‘zining chiqishida “Samarqand shahrining kelajakdagi bosh rejasi, yangi xududlarni o‘zlashtirishdagi shaharsozlik konsepsiyasi” haqida ham ma’ruza qildi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda savol-javoblar va namoyish etilgan loyihalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi Mehmonlarning Samarqandga tashrifi va yuqorida bayon etilgan shaharsozlik loyihalariga ularning xorijiy investitsiyalarini kiritish bo‘yicha bildirgan fikr va hoxishlari uchun ularga institut rektori S.I.Axmedov va uchrashuv qatnashchilari tomonidan  sovg‘a-salomlar va minnatdorchiliklar bildirildi.