Tarixiy yodgorliklar elementlarining o‘lchamlarini geodezik usullarda aniqlash
2018 yil 25 aprelda institut kichik faollar zalida “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi dotsenti Isakov Erkin Xo‘jayorovichning rejada belilangan “Tarixiy yodgorliklar elementlarining o‘lchamlarini geodezik usullarda aniqlash” mavsusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq ma’ruzada geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasining professor o‘qituvchilari, ushbu soha mutaxassislari, magistrlar va talabalar,mavzuga tegishli arxitektura fakulteti kafedralaridan mutaxassislar qatnashdilar.
Ma’ruza juda qiziqarli va savollarga boy tarzda o‘tdi. Kafedra mudirlari A.Q.Raximov, A.S.Uralov, Sh.Uzoqov va qator professor o‘qituvchilar hamda talabalar mavzuning dolzarbligi, zamonaviy geodezik texnologiyalar qo‘llangan holda yangi usullar yaratilganligi va bu usullar amaliyotga qo‘llanganda iqtisodiy samara berishi, ish unumdorligini oshishi, dala ishlarini bajarishda xavfsiz bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar.
Ma’ruzachi barcha me’yoriy hujjatlar asosida dars o‘tganligi, kreativ xususiyatga, nutqiy va pedogogik mahoratga ega ekanligini kabi bir qator ijobiy fikrlarni bildirdilar.