YASHASH UCHUN 1000000001 SABAB

2019 yilning mart oyi davomida tashkil etilgan aksiya institutning barcha talabalari va xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bundan maqsad – inson hayotida uchrab turadigan har qanday vaziyatda ham pozitiv kayfiyatni mustahkamlashga zarur bo‘lgan motivatsiyalarni topa olishdir.Institut psixologi S.Otayorov: — Bu tadbirning o‘ziga xosligi shundaki, atrofdagilar bannerdagi yozuvlarga ko‘z yugurtirdimi, bo‘ldi ich ichidan his qiladi , buni hech kim sezmasligi mumkin, lekin insonga juda katta ta’sir qiladi.

Chunki insonlar hayotidagi og‘ir kunlarida, qiyinchiliklarga duch kelganda shaxslar o‘zida kuch topish uchun beixtiyor pozitiv ruh beradigan sabablar izlay boshlaydi. Yuqorida misol keltirilgan vaziyatlar uchun ham bunday tadbirlar juda muhim va o‘z samarasini berib kelmoqda.Bu psixologik tadbir professor-o‘qituvchilar va talaba –yoshlarni birdek o‘ziga jalb qildi. Devoriy bannerga har bir qatnashuvchilar o‘zlari mustaqil tarzda hayotidagi maqsadlarni, orzularni yozdilar.