MUROJAATNOMA!

Kelajagimiz egalari bo‘lgan qadrli talaba-yoshlar!
Bundan bir necha yillar ilgari Ikkinchi jahon urushida qatnashgan yoshlar o‘zlari bilan kitob olib ketgan ekanlar. Okopda bo‘lgan vaqtda kitob o‘qib, urush tugaganidan so‘ng institutda o‘qishni maqsad qilgan ekanlar.Ajabo, hatto urush ham ularni bunday ezgu maqsaddan qaytara olmagan ekan. Sabab ertangi kunga, yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonch, kuchli intilish, iroda va jasorat! Ular bu kunlarni, afsuski, ko‘ra olmadilar. Ammo, ulardan bizga buyuk saboq qoldi, yashash uchun kurashmoq va hamisha olg‘a intilmoq.Yurtimizga kelgan shunday bir sinovli kunlarda sizlardan faqat bir narsani so‘raymiz UYINGIZDA O‘TIRING!
O‘zingizni va oila a'zolaringizni asrang. Xohlagancha kitob o‘qish uchun bugun sizda imkoniyat ham, vaqt ham yetarli. Uyingizda o‘tirib, Vatanimiz taraqqiyoti uchun hamjihatlikda o‘z hissangizni qo‘shing!
Orif XAITOV
SamDAQI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor