“ISLOMDA EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA O‘RIN YO‘Q”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yilning yanvar-fevral oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavsizlik xizmati bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-o‘quvchilari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” kabi mavzularda davra suhbati va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 29 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kichik majlislar zalida “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi J.Aliqulov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi mutaxassisi S.Boboyev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi J.Begaliyev, 3-son IIB profilaktika inspektori leytenant S.Karimov va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida terrorizm va ekstremizm, uning oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday guruhlarda, Islom dinini niqob qilib o‘zining g‘araz niyatlarini amalga oshirishga da’vat etuvchi ma’lumotlarni bilib- bilmay tarqatish oqibati nimalarga olib kelishi haqida gapirildi. Uchrashuv so‘ngida professor-o‘qituvchi va talabalarga Davlat xavsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan “Jaholat jazmanlari” va “Adashganlar” nomli filmlar namoyish etildi.Uchrashuv so‘ngida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov tadbir tashkilotchilariga mazmunli suhbat tashkil etganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.