SAMDAQI YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIM BOSHLIG‘I RESPUBLIKA TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LDI
2019 yil avgust oyining 21-23 kunlari Xorazm viloyatida Xorazm viloyati hokimligi, Milliy tiklanish partiyasi Xorazm viloyati Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida Respublika ma’naviyat festivali o‘tkazildi.
Festivalga respublikamizning taniqli olimlari, shoirlar, san’at va madaniyat arboblari tashrif buyurishdi. Festival doirasida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand davlat arixitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i O‘ktam Xudayarov ishtirok etib, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish keng ko‘lamli bunyodkorlik islohotlarni targ‘ib etishdagi tashabbuskorligi uchun “Yilning eng yaxshi ma’naviyat targ‘ibotchisi” Respublika tanlovi g‘olibi deb topildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i O‘ktam Xudayarovni bu yutuq bilan institut jamoasi chin dildan qutlaydi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.