SAMDAQIDA ALOHIDA IQTIDOR TALAB QILINADIGAN ABITURIENTLAR UCHUN IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Arxitektura fakultetining Dizayn ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi.
Ijodiy imtihonlar Dizayn ta’lim yo‘nalishining ikki yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda. “Interyerni loyihalash” va “Landshaft dizayni” ta’lim yo‘nalishlaridan abiturientlar uch kun ya’ni 29-30-31 iyul, birinchi kun qalam tasvir, ikkinchi kun chizmachilik uchinchi kun esa rang tasvir fanlaridan ijodiy imtihonlarni topshiradilar.
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida institut ma’muriyati tomonidan institut hududida maxsus joylar ajratilgan bo‘lib, imtihon olinayotgan barcha auditoriyalarda kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, ota-onalar to‘g‘ridan to‘g‘ri online monitorlar orqali salqin joylarda kuzatib bormoqdalar.
Bundan tashqari ma’lum muddat ota-onalar imtihon jarayonlarini o‘z ko‘zlari bilan kuzatish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Ota-onalar tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga institut rektori batafsil aniq javob berdi.
Imtihonlarni mutaxassis bo‘lmagan institutning ishchi xodimlari nazorat qilib bormoqdalar. Shuningdek jamoatchilik vakillari jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi va Mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ham jarayonda ishtirok etib kelmoqdalar.