“Hokim kubogi” mini-futbol musobaqasi

2018 yil 25 iyun kuni Samarqand shahrida viloyat hokimligi tizimidagi boshqarmalar xodimlari o‘rtasida “Hokim kubogi” mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada viloyatdagi turli tashkilot xodimlaridan tashkil topgan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Sport  musobaqasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining P.Nurmatov, Sh.Uzoqov, Sh.Jumanov, R.Egamov, B.Saidov, M.Mirzaev, O.Otomurodov, O.Chinniev, F.Xolov va Z.Yaxshilikov kabi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoasi ham ishtirok etdi. Musobaqa qiziqarli va murosasiz baxslarga boy o‘tdi. Musobaqa yakunida institut futbol jamoasi sovrinli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va II darajali diplom bilan taqdirlanishdi.