“Mutaxassislik mahoratini egallash - kasbiy muvaffaqiyat kaliti”

Joriy yilning 25 may kuni “Qurilishda menejment” kafedrasi hamda institut xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba o‘yushmasi tomonidan “2018 yil faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan Dastur doirasida “Mutaxassislik mahoratini egallash - kasbiy muvaffaqiyat kaliti” mavzusida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan an’anaviy ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rik tanlovda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori U. Xudoyarov, Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish kafedrasi mudiri professor A.S. Uralov, Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish kafedrasi dosenti S. Isroilov, ma’naviyat bo’limi boshlig’i T. Egamov, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri A. Karimov, institut xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba o‘yushma qo‘mitasi raisi A. Axunjanov, fakultet dekani muovini M. Eshmurodov va  kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Ko‘rik tanlovni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori U.Xudoyarov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda ta’lim tarbiya jarayonida kitobxonlikning o’rni g’oyatda muhimligiga alohida e’tibor qaratdi.
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan an’anaviy ko‘rik tanlovda “Qurilishni boshqarish” fakulteti talabalaridan 15 nafarining kitobxonlik bo’yicha mavzulari (taqdimotlari) eshitildi.
Qiziqarli savol-javoblar ostida o‘tgan ko‘rik tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilarga institut xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hamda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar:

1-o’rin Axadov Shoxrux 302-KMEva YB talabasi
2-o’rin Komilov Feruz 301-Menejment talabasi
2-o’rin Muratov Rustam 101-Menejment talabasi
3-o’rin SHaripov Shoxrux 101- Menejment talabasi
3-o’rin Gafurova Shaxnoza 301-KMEva UB talabasi
3-o’rin Aslamov Muxammad 301-KMEva UB talabasi