II – bosqich talabalar Respublika fan olimpiadasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 apreldagi 301-sonli “2018 yilda oliy ta’lim muassasalarida talabalar Respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish” haqidagi buyrug‘i (1-ilovasi) bilan tasdiqlangan “Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomi”ga asosan SamDAQIda 2018 yilning may oyida “Chizma geometriya va chizmachilik” umumkasbiy fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o‘tkazildi.
Talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichini talab darajasida yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida institut rektorining 2018 yil 8 maydagi 244-u sonli buyrug‘iga binoan institut rektori raisligida, institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari va xodimlardan tashkil topgan 13 nafardan iborat tashkiliy qo‘mita tuzildi.
Respublika OTMlarida o‘tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasining II –bosqichida “Chizma geometriya va chizmachilik” umumkasbiy fanidan 22 ta oliy ta’lim muassasasidan 22 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar muvofiq o‘rinlarni egalladilar:
I o‘rin – Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qishloq hududlarini arxitekturaviy loyihalashni tashkil etish” ta’lim yo‘nalishi 1- bosqich talabasi Melikulov Bobur Jamshed O‘g‘li (rahbari “CHizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti Suvonqulov Ilhomjon SHaxobiddinovich);
II o‘rin – Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti arxitektura ta’lim yo‘nalishi 1- bosqich talabasi Xodjaev Rustam G‘ayratovich (rahbari “Muhandislik grafikasi va axborot texnologiyalari” kafedrasi t.f.n., dotsenti Sindarov Raxmat);
III o‘rin – Toshkent davlat texnika universiteti “Havo kemalaridan texnik foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich Norqobilov Bexzod Normurot o‘g‘li (rahbari “CHizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti Alimova Dildora Kosimovna).
Bundan tashqari SamDAQIda turdosh OTMlar bilan o‘zaro kelishilgan holda Z ta mutaxassislik fanidan I-bosqichdan iborat talabalar Respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi. Bunda “Bino va inshootlar qurilishi” ta’lim yo‘nalishidagi “Arxitektura” fanidan 403-BIQ guruhi talabasi Asadov Suxrob Suhbatullo o‘g‘li 1-o‘rinni, (rahbari “Bino va inshootlar” kafedrasi dotsenti E.S.Tulakov, kat.o‘qituvchi A.E.Eshmuradov), “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” ta’lim yo‘nalishidagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” fanidan 4-bosqich talabasi Anorboev Soxib Asror o‘g‘li 1-o‘rinni, (rahbari “Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi dotsenti K.YAkubov) egallashdilar.