IJODGA BAXSHIDA UMR: USTOZ-SHOGIRD TIMSOLIDA

2019 yilning 25 yanvar kuni Badiiy Ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq rassomi, professor Abdumo‘min Boymatovning shaxsiy ko‘rgazmalari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ekspozitsiyada uning ijodiy faoliyati davomida yaratgan haykaltaroshlik asarlari namunalari namoyish etildi. Unda tarixiy namoyondalar va olimlar  – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy va zamondoshlar portretlari, animalistik janrdagi ishlar, shuningdek, jangchilar xotirasiga bag‘ishlangan mahobatli asarlar eskizlari o‘rin olgan.Vernisajda uning shogirdlari Turkman Esonov (Samarqand), Soliy Qodirov (Xorazm), Muxtor Mo‘ydinovlar (Qo‘qon) tomonidan ishlangan va ustozlarining umumiy mavzusini mantiqiy davomini aks ettiruvchi haykaltaroshlik namunalari tomoshabinlar hukmiga havola qilindi.