Sport musobaqalari o‘tkazildi

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamentining 2018 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholining keng qatlamlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar Dasturi”ni amalga oshirish maqsadida 2018 yil 19-20 dekabr kunlari  Samarqand  davlat  universitetida Samarqand shahri oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida sportning basketbol, voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi va ushbu musobaqalarda SamDAQI, SamDU, SamDCHTI, SamISI, SamMI talabalari ishtirok etishdi.Musobaqa natijalariga ko‘ra SamDAQI talabalari terma jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.