TATQIQOTCHILARIMIZ XITOYDA
Xitoy hukumati Vuxan Texnologiya universitetida ilmiy izlanish ishlarini olib borayotgan talabalar uchun ikki kunlik forum-simpozium tashkil qilindi va forumning birinchi kuni talabalar ilmiy ishlari haqida taqdimotlar namoyish qilindi deya xabar bermoqda vuz24.uz internet sayti.
http://vuz24.uz/uzk/news/407#hellife
Forumda "Use wollastonite in high-performance concrete" mavzusida SamDAQI doktoranti Kuldasheva Aziza tomonidan taqdimot qilindi. Ushbu taqdimot qiziqarli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Mashg‘ulotlar yakunida Kuldasheva Azizaga tashkilotchilar tomonidan sertifikat topshirildi. Taqdimot davomida O‘zbekistonlik talabalar tomonidan berilgan fikrlar va tahlillar Vuxan Texnologiya universiteti saytiga joylashtirilishi ma’lum qilindi.Forumning ikkinchi kuni barcha ishtirokchilar Vuxan shahrida joylashgan HUAXIN sement zavodiga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida Osiyoda yirik hisoblangan ushbu korxona Kuldasheva Azizani O‘zbekistondagi loyihasiga ham taklif qildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bu yirik korxona bugungi kunda Jizzax viloyatida o‘z filialini qurmoqda.