“UNESCO” EKSPERTI KRISTINA IAMANDI SAMDAQIGA TASHRIF BUYURDI
2019 yilning 23-25 oktyabr kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O'zbekistonning tarixiy va me'moriy merosini saqlab qolish masalalariga bag'ishlangan taklif doirasida me'mor Kristina Iamandining mahorat darslari hamda ochiq dars ma'ruzalari bo'lib o'tdi.
Ma'lumki, O'zbekiston hukumati ko'p yillar davomida qadimiy shaharlardagi merosni asrab-avaylash borasida nufuzli xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Mashhur Fransiya shaharsozlik instituti mutaxassislari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan, ular Samarqand shahri uchun bosh reja va boshqaruv rejasini ishlab chiqishda yordam berib kelmoqdalar.
Hujjatlar xalqaro standartlar va “UNESKO” talablariga to'liq javob beradi. SamDAQI professor-o'qituvchilari va Arxitektura fakulteti talabalari uchun olib borilgan ma'ruzalar davomida Samarqand shahrining Boshqaruv rejasini ishlab chiqish masalalari o‘rganildi.
Birinchi ma'ruza madaniy meros va shaharsozlik masalalariga bag'ishlandi. Kristina Lamandi professor-o'qituvchilar, mutaxassislar va talabalar bilan tarixiy shaharlardagi infratuzilma ishlari, Ziyoratgoh (arxitektura va diniy majmualar) me'morchiligining asl nusxasini saqlash, urbanizatsiya jarayoni, shuningdek, jahon merosi obidalarini shaharsozlik vositalarini moslashtirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qildi.
Ikkinchi ma'ruzada jahon merosini himoya qilishning huquqiy va tartibga solish mexanizmlari mavzusiga bag'ishlandi. Seminarlar davomida ekspert Kristina Iamandi Rossiya obyektlaridan foydalangan holda umumjahon merosi mulki holatining ijobiy va salbiy tomonlarini o'rganib chiqib, chet elda joylashgan O'zbekiston madaniy boyliklarining elektron reyestrini, asarlarni saqlash va kelajakka topshirishning huquqiy mexanizmlari tamoyillarini, shuningdek tayyorlash xususiyatlarini haqida gapirib o‘tdi.
Ma'ruzalar SamDAQI professor-o'qituvchilari va talabalariga madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb muammolarni ko'rib chiqish, xalqaro tajribani o'rganish, tarixiy va madaniy merosni saqlashni ta'minlash tizimini takomillashtirish va ushbu yo'nalishdagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatidagi asosiy yo'nalishlarni aniqlashga imkon berdi.