MURABBIYLAR YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Insoniyat paydo bo‘libdiki, eng dolzarb, eng mashaqqatli va eng qiyin vazifa – yoshlar tarbiyasi masalasi bo‘lib kelgan. Barcha alloma, mutafakkirlar, millatning ziyolilari jamiyat rivoji, mamlakat farovonligi, tinchligu xotirjamligini yoshlar tarbiyasi bilan bog‘laganlar. Bu bejiz emas. Qayerda tarbiya masalasini ta’lim bilan, milliy qadriyat, an’analar, mentalitet bilan uzviy bog‘liqlikda hal etishga harakat qilingan bo‘lsa, o‘sha joyda rivojlanish, taraqqiyot bo‘lgan. Yoshlar ta’lim – tarbiyasiga e’tiborsizlik qilingan joyda esa inqirozlar, milliy o‘pirilishlar sodir bo‘lavergan.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada institut kichik majlislar zalida guruh murabbiylarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalab kelayotgan hamda ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning aql-zakovatini yuksaltirishda va jamiyatda o‘zining o‘rnini topishida, munosib hissanini qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarga SamDAQI ma’muriyati nomidan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Orif Xaitov o‘zining minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Ammo, ish bor joyda albatta kamchilik ham bo‘ladi. Yig‘ilishda ayrim murabbiylarlarning faoliyati tanqid qilindi. Ayrim professor-o‘qituvchilarning o‘z vazifasini mas’uliyatsizlik bilan, guruhlarga nisbatan qo‘yilgan ishlarning to‘liq bajarilmayotganligi “xo‘ja ko‘rsin” degan naqlda ishlayotgani sababli, ishlar qoniqarsiz deya baholandi.
Institut ma’muriyati professor-o‘qituvchilardan kelgusida qo‘yilgan ishlar hamda talablarga, yosh kelajak avlodni tarbiyalashdek muhim vazifaga mas’uliyat bilan yondoshishlari kerakligi ta’kidlandi.
Zero, Yoshlar tarbiyasi – millat kelajagi poydevori.