“YANGI ASR ISTE’DODLARI-2018” Respublika ko‘rik-tanlovining natijalari
2018 yil 26 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, Qurilish vazirligi Yoshlar ittifoqi Kengashi, Samarqand viloyat hunarmandlar uyushmasi, Samarqand badiiy ijodkorlar uyushmasi, Samarqand viloyat kasaba uyushmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Yangi asr iste’dodlari-2018” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovining asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan, muxandislik loyiha va ishlanmalar, innovatsion qurilish texnologiyalarini yaratishga qodir va yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, milliy san’atimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy madaniy merosi, bugungi salohiyati, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy madaniyat, badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, shu bilan birga “Ustoz-shogird” an’anasini keng miqyosda rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarni ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat.
“Yangi asrning iste’dodlari-2018” respublika ko‘rik-tanlovida respublikamizdagi 14 ta oliy o‘quv yurti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti, Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muxandislik qurilish instituti, Namangan davlat universitetidan iqtidorli talabalar quyidagi : “Eng yaxshi rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik asari”, “Eng yaxshi amaliy san’at (miniatyura, naqqoshlik, ganchkorlik kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik san’ati) asari”, “Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash va qayta tiklash loyihasi”, “Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket”, “Eng yaxshi arxitekturaviy rasm va kompozitsiya”, “Eng yaxshi interer loyihasi va maket”, “Eng yaxshi landshaft dizayni”, “Eng yaxshi muhandislik loyiha va ishlanmalar”, “Eng yaxshi qurilish materiallari va texnologiyalar” hamda “Eng yaxshi biznes loyiha” kabi nominatsiyalar bilan ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar maket va loyihaning yangiligi, dolzarbligi, muallif dunyoqarashining kengligi, shu bilan birga ishlarda milliylik va zamonaviylikning uyg‘unlashuvi nuqtai nazardan baholandi.
Ko‘rik-tanlovda 400 nafar yosh iqtidorli talabalar o‘zlarining 1000 ga yaqin ishlari bilan ishtirok etishdi. Viloyatlar kesimida 8 ta viloyat va Toshkent shahri OTM muassasalari g‘oliblik uchun bahs olib borgan bo‘lishsa, nominatsiyalar bo‘yicha eng ko‘p o‘rin ya’ni 9 ta 1-o‘rin Samarqand viloyatiga nasib etdi. Eng faol OTM esa Samarqand arxitektura-qurilish instituti deb topildi. Tanlovda ishtirok etgan 400 nafar talabadan 323 nafari SamDAQI talabalari hisoblanadi.
Ko‘rik-tanlovda g‘oliblar quyidagi tartibda aniqlandi:
“Eng yaxshi rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik asari” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan Axmadbekova Madinabonu (FarDU)
2-darajali diplom bilan Anibekov Anvar (SamDAQI), Ismoilov Botirjon (TDPU)
3-darajali diplom bilan Saidova Umida (SamDAQI), Sultonova Leyla (TAQI), Axunjanov Islom (NamDU),
“Eng yaxshi amaliy san’at asari” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan YAxyoeva Nazira (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Muxammadjonov Farrux (NamMQI), Abdullaev Jo‘rabek (SamDAQI)
3-darajali diplom bilan Ro‘ziboev Murodullo (TDPU), Xalimova Muxabbat (FarDU), Qo‘shaev Murodjon (SamDAQI)
“Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket” nominatsiyasi bo‘yicha
1- darajali diplom bilan Raxmatov Azimjon (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan SHoxsaidov SHerzod (TAQI), O‘rozoliev Ismoil (SamDAQI)
3-darajali diplom bilan Otojonov Erali (UrDU), Jo‘raev Olim (SamDAQI), Axmatjonov Akbarshox (SamDAQI)
“Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash va qayta tiklash loyihasi” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan Rajabboev Azamat (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Raxmonov Sardor (SamDAQI), Xo‘jaev Suxrob (TAQI)
3-darajali diplom bilan Xasanov Feruz (SamDAQI), Saloxiddinova Munavvar (SamDAQI), Axmedov Ixtiyor, Do‘stmurodov SHavkat (SamDAQI)
“Eng yaxshi arxitekturaviy rasm va kompozitsiya” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan Jo‘raev To‘lqin (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Sodiqov Barotjon (SamDAQI), Baxriddinov Islombek (TAQI)
3-darajali diplom bilan Omonov Rustam (SamDAQI), Xamroqulov Rustam (SamDAQI), Samieva Nafisa (SamDAQI)
“Eng yaxshi interer loyihasi va maket” nominatsiyasi bo‘yicha
1- darajali diplom bilan SHerqulova Zubayda, Obloqulova Hilola, Absalomova Sevara (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Abdullaev Allayor (SamDAQI), Nesterova Konstansiya (SamDAQI)
3-darajali diplom bilan Norboeva Zilola (SamDAQI), SHamiev Jaxongir (SamDAQI), Fatxullaev Sardor (SamDAQI)
“Eng yaxshi landshaft dizayni” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan Olimova Odina, Maxmudova Lolita (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Ibodulloeva SHaxlo, Abdug‘anieva Feruza, Nomozova Malika, Ergasheva Parvina (SamDAQI), Ro‘ziev Elbek (TAQI)
3-darajali diplom bilan Fozilova Nigina, Fazilova Sabina, Axadqulova Farzona, Hamroqulova G (SamDAQI), Egamqulova SHoxida, Turdieva Dilnoza, Asrorova Madina, G‘ofurova Durdona, Malikova Dildora, Ne’matova SHaxlo (SamDAQI), Aminboeva Malika (UrDU)
“Eng yaxshi muxandislik loyiha va ishlanmalar” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan Tangirov SHerjaxon (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Mamatov Bektosh, Maxmudov SHerzod (SamDAQI), Raximboev Bekzod, Djavodova Gularo (UrDU)
3-darajali diplom bilan Fayziev Zafar (SamDAQI), Raxmonov Qosimjon, Omonqulova Umida (Sam DAQI), Esonova Nafosat (SamDAQI)
“Eng yaxshi qurilish materiallari va texnologiyalar” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan Rustamov Jasur (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Raximov Feruzjon (SamDAQI), Karimov G‘ofur (SamDAQI)
3-darajali diplom bilan Qurbonov Zavqiddin, Raxmatullaev Anvar (SamDAQI), Ismatov Siroj (SamDAQI), Jumaniyozov Xasanboy (UrDU)
“Eng yaxshi biznes loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha
1-darajali diplom bilan Komilov Feruz (SamDAQI)
2-darajali diplom bilan Abdusamatov SHaxriyor (SamDAQI), Xamidov Masariddin (SamDAQI)
3-darajali diplom bilan Tolibov Jasur (Ter DU), Latipov Ashurali (Sam DAQI), Raximberganov Dadaxon (SamDAQI).
Tadbirda I - II – III o‘rinlarni qo‘lga kiritgan iqtidorli yoshlar va barcha tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Qurilish vazirligining diplomilari, eng faol ishtirokchilar uchun qimmatbaho sovg‘alari, institut rahbariyatining faxriy yorlig‘i va tashakkurnomasi hamda homiy tashkilotlarning estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Ko‘rik-tanlov bayram shukuhida, talabalarning yangi do‘stlar orttirishi va g‘oliblarning bir-birini qutlashi bilan o‘z nihoyasiga etdi.