Yangi yil zavqi

2018 yil 19 dekabr kuni 2-son talabalar turar joyida xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan tashkil qilingan “Yangi yil zavqi” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Bayram tadbirini xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.N.Boboqulova ochib berdi va talaba-qizlarni yangi yil bayrami bilan qutlab, yangi yilda o‘qishda va shaxsiy hayotlarida muvaffaqiyatlar tiladi.Tadbirda fakultetlar xotin-qizlar guruhi yetakchilari Y.Suyunova, N.Xodiyeva, G.Djurayeva, F.Axmedovalar tadbir ishtirokchilarini yangi yil bayrami bilan qutladi va ular hayotlarining baxtli va saodatli bo‘lishini tiladi. Shundan so‘ng, qizlar qiziqarli shartlar asosida bellashishdi, quvnoq musiqalarga raqsga tushishdi. Tadbir qatnashchilariga bayram shirinligi ulashildi.So‘ngra tadbirning qiziqarli savol-javobida qatnashgan talabalar turar joyining eng faol talaba-qizlariga sovg‘alar ulashildi.Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va barchaning quvnoqligi asosida o‘tkazildi.