“FAN, TA’LIM, ISHLAB CHIQARISH, INNOVATSION HAMKORLIK INTEGRATSIYASI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
2018 yil 24 noyabr shanba kuni institutning 115 auditoriyasida “Qurilishini boshqarish” fakulteti professor o‘qituvchilari, ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va etakchi mutaxassislar bilan “Fan, ta’lim, ishlab chiqarish, innovatsion hamkorlik integratsiyasi” mavzusida davra suhbati mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida inistitut ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori E.X.Isakov so‘zga chiqib 2018 yil 7 maydagi PQ-3698 Iqtisodiyot tarmog‘iga innovatsiya mexanizmlarini tadbiq etishni yanada takomillashtirish choralari bo‘yicha prezidentning qorori va shu asosida institutda tashkil etilgan “Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘limi nizomi, mablag‘lar fondi, maqsadi hamda vazifalari bilan tanishtirdi. Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvatlash jamg‘armasi shakllantirilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishlab chiqarish korxonalar va talabar bilan bilimlarni innovatsion g‘oyalar boyitilgan zamonaviy bilimlarni o‘quv jarayonini integratsiyasi asosida berib borilishi haqida ta’kidlab o‘tdilar.
Davra suhbati davomida tashkilot rahbarlari va etakchi mutaxassilari tomonidan bayon etilgan korxonalardagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora va rejalari institut olimlari hamda tashkilot mutasaddi xodimlari tomonidan ishlab chiqish, hamda keyingi o‘tkaziladigan seminar treninglarga kafedra mudirlari tomonidan taklif etiladigan korxona va tashkilotlar soni ko‘paytirish, seminarlarga qatnashayotgan korxonalar bundan keyin muammolarini aniq fikr g‘oyalar ko‘rinishda bayon qilinishi taklifi berildi.