SAMARQANDDA OMMAVIY YURISH MARAFONI BO‘LIB O‘TDI

 

Bugun erta tongdan Samarqand shahrida “Sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz” shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafon Samarqand viloyati musiqali drama teatri oldidan boshlanib, Bo‘stonsaroy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari orqali “Dinamo” stadionigacha davom etdi.
Ishtirokchilar “Dinamo” o‘yingohida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
Shuningdek Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlari ham ommaviy yurish marafonida faol ishtirok etdilar.
Ishtirok etgan barcha professor-o‘qituvchilarga hamda xodimlarga institut ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz. Zero, sport bu — sog‘ligingiz garovidir.

SamDAQI matbuot xizmati.