ROSSIYA FEDERATSIYASI PREZIDENTI HUZURIDAGI ROSSIYA XALQ XO‘JALIGI VA DAVLAT BOSHQARUVI AKADEMIYASI BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi direktori Vyacheslav Yur’yevich Kartuxin tashrif buyurdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Axmedov Sultan Ilyasovich va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi direktori Vyacheslav Yur’yevich Kartuxin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Kelgusida ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat, fan va ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, shu bilan har ikki mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish hamda universitetlarning global ilmiy va ta’lim integratsiyasini ta’minlash maqsadida shartnoma imzolandi.
Shartnoma tomonlarning ilmiy va innovatsion ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va yangilashga, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatlar tamoyiliga asoslangan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikka ko‘maklashadi.
Ushbu bitim bo‘yicha hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- qo‘shma ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini asoslash va amalga oshirish uchun qo‘shma ilmiy-tadqiqot guruhlarini tuzish;
- tomonlardan birining alohida olimlari va mutaxassislarini boshqa tomonning ishiga jalb qilish;
- qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- tomonlarning har biri tomonidan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va ko‘rgazmalar o‘tkazish;
- o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ma’ruza, malaka oshirish, seminar va konsultatsiyalar almashish;
- talabalar, magistrlar, aspirantlar, doktorantlar va yosh olimlarni o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan sohalarda o‘qish, ilmiy amaliyot o‘tish uchun almashish;
- ilmiy-texnikaviy, hujjatli, adabiyotlar va bibliografik nashrlar bilan almashish;
- ushbu shartnoma bo‘yicha hamkorlikning bevosita natijasi bo‘lgan qo‘shma ilmiy-texnik jurnallardagi maqolalar, hisobotlar va kitoblarni tayyorlash va nashr etish.
Shartnoma besh yillik muddat davomida amal qiladi va hech bir tomon boshqa tomonni tegishli muddat tugashidan kamida 6 oy oldin yozma ravishda xabardor qilmagan taqdirda avtomatik ravishda keyingi besh yilga uzaytiriladi.
Shuningdek, institut kichik faollar zalida institut professor-o‘qituvchilari va yosh mutaxassislarga V.Yu.Kartuxin tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi direktori hayotiy hamda kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob oldilar.