Giyohvandlik – umr zavoli

 

2018 yil 24 aprel kuni arxitektura fakultetining 37-auditoriyasida “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi, 102-QHALTE guruhi murabbiyi E.E.Jurayeva hamda institut yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.b. O‘.J.Xudayarov va “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi  mudiri I.T.Mahmatqulovlar so‘zga chiqishib, mavzuning naqadar dolzarbligi va hozirgi kunda bu illatning yoshlarga ta’siri haqida fikrlar bildirishdi.
Tadbirda 102-QHALTE guruhi talabalari tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatlari va illatlari haqida ma’lumotlar berildi, ular tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida guruh talabalari tomonidan mavzuga oid bajarilgan ishlar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi, faol qatnashgan talabalar yoshlar ittifoqining  “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanishdi.