Buxoro shahriga sayohat

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2018 yil 19 apreldagi № 15-sonli buyrug‘i e’lon qilindi.
Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 21 aprel kuni muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti dekani muovini M.Bobokalonov va 303-GKK guruhi murabbiyi U.Raximov rahbarligida shu guruh talabalarining Buxoro shahriga sayohati tashkil etildi.
Sayohatchilar sayohat davomida Buxoro shahrining bir qator ziyoratgohlariga tashrif buyurishdi: Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi, Bahouddin Naqshband tarixiy-me’moriy majmuasi, “Labi-Hovuz” majmuasi, Sitorai Moxi Xosa saroyi, “ARK” qo‘rg‘oni majmuasi shular jumlasidandir.
Sayohatchilar ushbu tarixiy-me’moriy majmualar haqidagi o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni bilib olishdi.