ARXITEKTURA FAKULTETI TALABALARI BILAN INSTITUT REKTORINING UCHRASHUVI

 

“2017 yil-Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida Arxitektura fakultetining talabalari bilan uchrashuvi.

Yig’ilish raisi S.I.Axmedov so’zga chiqib, yig’ilish kun tartibi bilan yig’ilganlarni tanishtirib o’tdi.

institut rektori S.I.Axmedov gapirib, yig’ilish qatnashchilarini 2017 yil-Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili bilan qo’tlab, institutda amalga oshirilgan ishlar va bu yilda rejalashtirilgan qilinishi kerak bo’lgan ishlar haqida tuxtalib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi hukumati, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi xay’ati hamda institut rahbariyati tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar, yo’riqnoma, talablar mazmuni bilan tanishtirib o’tdi.
Institutda qolaversa arxitektura fakultetida amalga oshirilgan jumladan, rasm zali, fakultetning birinchi qavatidagi ta’mirlash ishlari, arxitektorlar uchun muljallangan maxsus partalar va fakultet talabalari uchun yuqori quvvatga ega bo’lgan kompyuter jihojlari keltirilib alohida sinf holatiga keltirilganligini aytib o’tdi. Qolaversa, bu jihozlardan samarali foydalanish ularni asrab avaylash, institut odob ahloq qoidalari, jumladan kiyinish madaniyati, mobil telefonlardan foydalanish to’g’risidagi nizomga muntazam amal qilishi kerakligini ta’kidlab o’tdi. Hozirgi kunda professor-o’qituvchi va talabalarni qiynab kelayotgan muammolar, yechilishi qiyin kechayotgan masalalar va takliflarini bevosita institut rektori portaliga murojaat qilishini aytib o’tdi. Ayrim yechilishi qiyin bo’lgan masalalarni mutasaddi toshkilotlar bilan kelishilgan holda hal etilishini aytib o’tdi.
Institut rektori S.I.Axmedov fakultet talabalaridan hozirgi zamon bilan hamnafas bo’lish, ta’limning ilg’or tajribalaridan xabardor bo’lish va institutning nufuzi uchun har bir talaba o’z ulushini qo’shishi kerakligini alohida e’tibor qaratdi.