"Quvnoqlar va Zukkolar" da yil yakuni

Respublikamizda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarni tushuntirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash, jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyatlarini va o‘z iste’dodlarini namoyish etishda quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanlovi alohida ahamiyatga ega.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instiutida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalar hayotida uchrab turadigan muammolar, kamchiliklar va nuqsonlarni yumoristik va satirik janrlar orqali ko‘rsatib berishga qaratilgan institut miqyosidagi quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda Qurilish fakultetining “QFQ” va “DDD” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Jamoalar tanlovning 3ta  sharti bo‘yicha bellashib o‘zlarining bilim va tajribalari hamda mahoratlarini sahnada namoyon etishdi. Hakamlar hay’ati tomonidan haqqoniy baholanib borilgan ko‘rik tanlovda “DDD” jamoasi 43 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ko‘rik-tanlovning final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoani institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.B.Xaitov  2018 yilgi mavsum g‘olibi bo‘lganliklari bilan tabriklab, ularga  “Quvnoqlar va zukkolar” kubogi va qiziqarli badiiy kitoblarni topshirdi.