2018 yil 24 oktabr kuni arxetiktura fakulteti 1-kurs talabalariga yoshlar orasida ko’p uchraydigan dezadaptatsiyani oldini olish yoki ularni tuzatish maqsadida “Talabalarda ijtimoiy moslashuv(adabtatsiya)ini barqarorlashtirish” mavzusida institut psixologi S.Otayorov va fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Jamolov bilan hamkorlikda seminar-trening o’tkazildi.
Seminar-treningda institut psixologi S.Otayorov quyidagilarni ta’kidladi. Shaxslar xarakterini, ruhiyatini o’rganadigan bo’lsak, ular orasida tug‘ma yoki orttirilgan tashqi omillar ta’sirida uyalchang, tortinchoq, kamgap shaxslar uchraydi.Ana shunday xarakterga ega bo’lgan talabalarda yangi sharoitlarga, yangi talab va yangi ijtimoiy muhitga moslashishda dezadaptatsiyaga uchraydi. Bu aslida hamma uchun normal holat hisoblanadi. Ba’zi jabhalarda esa bu holat ancha uzoq davom etadi.Psixologik seminar-trening davomida bunday vaziyatlarni oldini olish, tuzatish uchun talabalarni institutning jamoat tadbirlariga ko’proq jalb etish borasida takliflar bildirdi. Psixologik autogin mashqlar orqali talabalarning ta’lim olishga qaratilgan motivatsiyasi mustahkamlandi. Chunki shaxslardagi adabtatsiya jarayonini mustahkamlashning eng yaxshi yo’li har qanday ishni boshlashdan avval o’z motivlarini va ehtiyojlarini to’g’ri his qila olishidir.Seminar-trening so‘ngida talabalar o’z taassurotlari yuzasidan institut psixologi bilan ochiq muloqot o’tkazdi.