AKADEMIK TOSHPO‘LAT SHIRINQULOV NOMIDAGI ZAMONAVIY JIHOZLARGA EGA BO‘LGAN KONFERENSIYA ZALINING OCHILISH MAROSIMI O‘TKAZILDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 22-23 oktabr kunlari o‘tkazilgan anjumanning birinchi kunida “DSinGIS: Geoaxborot tizimida doktorantura” xalqaro grant loyihasi hisobidan qiymati 31 000 yevroga teng xalqaro konferensiya zali uchun mo‘ljallangan zamonaviy jihozlarga ega bo‘lgan, akademik Toshpo‘lat Shirinqulov nomidagi konferensiya zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘di.
O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademiki marhum Toshpo‘lat Shirinqulovning institut ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan ishlari va uning yorqin xotirasi yod olindi. Konferensiya ishtirokchilari hamda institut professor-o‘qituvchilariga konferensiya zali haqida, kelajakda amalga oshiriladigan ishlar va kelgusida kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
— Konferensiya zalining ochilishidan maqsad fan doktorlari dissertatsiyalarini yoqlashda va ilmiy ishlarini amalga oshirishda qolaversa chet ellik hamkorlar bilan bog‘lanishda katta yordam beradi. Bu borada biz bilan hamkorlik qilayotgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi lohiya bosh kordinatori Professor Bela Markus.
Ushbu xalqaro konferensiya zali orqali Yevropaning hamkor universitetlari (Vengriyaning Obuda universiteti, Avstriyaning Parij Lodron universiteti, Shvetsiyaning Qirollik texnologiya universiteti, Germaniyaning Leybnits instituti (IAMO)) va mahalliy OTMlar (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti) bilan binar, vebinar, seminar, konferensiyalar, dars mashg‘ulotlari, doktorlik himoyalari kabi tadbirlar “Online” tizimida olib borish imkoniyati yaratildi.
Yevropalik va O‘zbekistonlik hamkorlarga O‘zbekistonda Geoinformatika sohasini rivojlantirish uchun katta hissa qo‘shayotganliklari va amalga oshirilayotgan ishlar uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyati nomidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Isakov Erkin Xo‘jayorovich minnatdorchilik bildirib marosimni yakunladi.