OTMLARDA, KAFEDRALARDA 9 TA YO‘NALISH BO‘YICHA MUAMMOLAR, KAMCHILIKLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANIB CHIQILDI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv majlisida Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish vazifalari belgilangan.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish jadvali va 4 ta ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
Mazkur ishchi guruhlar tarkibiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi xalqaro Vestministr universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xodimlari jalb qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar holatini o‘rganish hamda ommaviy axborot vositalarida tanqidiy muhokama qilishga bag‘ishlanan 5-sonli majlis bayoni bo‘yicha 2019 yil 19 iyundagi 13771-xh-sonli topshirig‘iga binoan Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘rganish jadvaliga asosan joriy yilning 22 iyul kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev hamda ishchi guruh tarkibi tashrif buyurdilar.
Institut kichik faollar zalida institut ma’muriyati, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar bilan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda kafedralarda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha muammolar, kamchiliklar va takliflar o‘rganib chiqildi.
Ishchi guruh tarkibi 22-27 iyul kunlari  Samarqand shahridagi 8 ta OTMlarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Barcha OTMlarda 2019-2023 yillarda mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Barcha kafedralarda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha muammolar, kamchiliklar va takliflar bo‘yicha jadval ko‘rinishida ma’lumotlar qabul qilindi.