SAMARQAND VILOYAT HOKIMI INSTITUTGA TASHRIF BUYURDI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida viloyat hokimi yangi o'quv yili boshlanish munosabati bilan institut talabalar turar joyida yaratilgan shart sharoitlar hamda institut hududida olib borilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishib chiqdi.
Viloyat hokimi talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishgach, institut rahbariyatiga o'zining fikr mulohazalarini bildirib o'tdi.