“Yangi asr iste’dodlari-2018”
Bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida arxitektura va qurilish sohasidagi talaba-yoshlarning iste’dodlarini munosib baholash maqsadida “Yangi asr iste’dodlari-2018” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Samarqand viloyat Hunarmandlar uyushmasi, Samarqand Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Samarqand viloyat kasaba uyushmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand Viloyat Kengashi tomonidan tashkil qilingan.
Ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.T.Quldashev ham ishtirok etmoqda. Ayni vaqtda ko‘pgina viloyatlardan tashrif buyurgan tanlov ishtirokchilari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etishmoqda va baholash jarayoni ketmoqda. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!