Qozog’iston Respublikasidagi Taraz davlat pedagogika universitetining “Tasviriy san’at” kafedrasi dotsenti M.D.Raximjonov tomonidan SamDAQIda o’tkazilgan ko’rgazma va master-klass
SamDAQI bilan Qozog’iston Respublikasidagi Taraz davlat pedagogika universiteti o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga, hamda mazkur universitetning 2018 yil 24 apreldagi murojaat xatiga binoan, TarGPU “Tasviriy san’at” kafedrasi dotsenti Raximjonov Muratjon Dadayevich tomonidan, 2018 yil 24 may kuni institut professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida “Natura va obrazlar” mavzusida ijodiy ishlar ko’rgazmasi hamda “Odamning yarim gavdasi rasmini solish” mavzusida video ko’rinishdagi master-klass mahorat darsi bo’lib o’tdi.
Odam qomatini chizish bo’yicha video ko’rinishdagi mahorat darsida qomat hajmini chiqarishda shitrixlash, ya’ni chiziqlar bilan qiyofaning to’liq hajmini chiqarish uslublari to’liq ta’riflab berildi.
Talabalar tomonidan mazkur jarayon qiziqish bilan qabul qilindi va savol javob orqali dolzarb muommolarni hal qilish haqida bahs-munozaralar bo’ldi.
Oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida talabalarning o’zaro almashinuvini yo’lga quyish haqida takliflar kiritildi. M.Raximjonov tomonidan kurgazmaga qo’yilgan “Natura va obrazlar” mavzusidagi qalam chizgi asarlari talabalarda katta ta’surot qoldirdi.