DEHQONOVLAR OILASIGA HOMIYLIK YORDAMI KO‘RSATILDI

Samarqand viloyat hokimligining ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yig‘ilish bayonida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut  ma’muriyati tomonidan 2019 yil 22 fevral kuni Samarqand viloyati Payariq tumani Beshqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Dehqonovlar oilasiga mebel, gaz plita, qurilish materiallari, yumshoq inventarlar va o‘quv qurollari homiylik yordami ko‘rinishida taqdim etildi. Ko‘rsatilgan muruvvatdan ko‘ngli ko‘tarilgan xonadon sohiblari o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirdilar.