Instituti iqtidorli talaba yigit va qizlarining qayd etgan natijalari

2019 yil 22 fevralda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy kengashining 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.Ushbu kengash yig‘ilishida institutda tahsil olayotgan bir qator iqtidorli talaba-yoshlari 2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari uchun o‘tkazilgan tanlovlarda Beruniy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘oliblari 402-Geodeziya, kartografiya va kadastr guruhi talabasi Ahmedova Madina G‘ayrat qizi va 404-Arxitektura guruhi talabasi Samiyeva Nafisa Alisherovna, Islom Karimov nomli Davlat stependiyasi tanlovi g‘olibi Olimova Odina Olim qizi 403-Dizayn (landshaft dizayni) guruhi talabasi hamda institut birinchi rektori R.R.Abdurasulev nomli stipendiyasi tanlovi g‘oliblari 304-Arxitektura guruhi talabasi Ganiyeva Kamilla Ilnurovna, 502-Arxitektura guruhi talabasi Sobirova Ozoda Ibragimovna, 401-Kasbiy ta’lim (B va IQ) guruhi talabasi Tursunova Dilafruz Erkinovna, 301-B va IQ guruhi talabasi Ubaydulloyeva Naimaxon Musoxonovna, 304-GKK guruhi talabasi Haqqulova Adiba Ochil qizi, 305-GKK guruhi talabasi Babaxanova Dilnavoz Yokubjonovna, 303-KME va UB guruhi talabasi Oripov Umid Adhamovichlar, akademik T.Sh.Shirinqulov nomli stipendiyasi tanlovi g‘oliblari 403-Arxitektura guruhi talabasi Baratova Intizor Qahramonovna, 304-Arxitektura guruhi talabasi Kurbanova Barno Alijon qizi, 401-Kasbiy ta’lim (B va IQ) guruhi talabasi Saidmurodova Sarvara Muzaffarovna, 301-QMB va KICH guruhi talabasi Bektemirov Mirzo Bobir o‘g‘li, 301-GKK guruhi talabasi Karimova Umida Erkinovna, 201-KT(MKK) guruhi talabasi Sunnatova Maftuna Baxramovna, 301-KME va UB guruhi talabasi Rahmatova Saodat Saidaliyevnalarni institut rektori munosib taqdirladi. Qolaversa, iqtidorli talabalarimizga kelajakda ularga yaratilgan sharoit va qaratilayotgan e’tibor, taqdim etilayotgan rag‘bat va mukofotlardan ilhomlanib, ulardan kuch-quvvat olib, navbatdagi marralarni egallashini tiladi. Hamda qolgan iqtidorli talaba yigit va qizlarimiz ham ular qayd etgan natijalarga havas qilgan holda undan ham yuqori shohsupalarni zabt etishga harakat qilishlarini ta’kidladi.