UNESCONING YETAKCHI EKSPERTI BILAN UCHRASHUV

Joriy yilning 24 yanvar kuni Samarqand shahriga UNESCO tashkilotidan tarixiy yodgorliklarni hisobga olish va saqlash bo‘yicha jahon merosi komitetining direktori Jyoti Hosograhar xonim va UNESCOning yetakchi ekspertlaridan professor Michael Turner tashrif buyurdilar.Samarqand shahridagi “Registon Plaza” mehmonxonasining majlislar zalida ekspertlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng institut ma’muriyati taklifi bilan UNESCOning yetakchi eksperti, professor Michael Turner Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabalari va professor-o‘qituvchilariga shaharlarning tarixiy landshaftini saqlash va rivojlantirish bo‘yicha ma’ruza qildi. Shuningdek, Michael Turner Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga kelgusida yana tashrif buyurib, ma’ruzalar o‘tkazishga va’da berdi.