Yoshlar-kelajagimiz mavzusida davra suhbati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonini mazmun-mohiyati xususida va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 642-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 19 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish isntituti kichik faollar zalida, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.X.Isakov boshchiligida, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultet dekan muovinlari, yosh o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.X.Isakov davra suhbatini kirish so‘zlari bilan ochib berdi. Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish jarayonlari, oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura), yosh olimlarni qo‘llab quvvatlash ularni iqtidori, ilmiy va intellektual salohiyatlarini rivojlantirish haqida batafsil gapirib o‘tdi.Davra suhbati oxirida ishtirokchilar tomonidan berilgan qiziqarli savollarga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori E.X.Isakov to‘liq va aniq javob berdi.